Milliy tibbiyot markazida tibbiyotning jarrohlik yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanuvchilarning malakaviy imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihonlar Xirurgiya, Transplantologiya va sun’iy a’zolar hamda Yurak-qon tomir xirurgiyasi ixtisosliklari bo‘yicha tashkil etilib, izlanuvchilarning nazariy bilimlari va kasbiy tayyorgarligi yetuk mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan baholanmoqda.
Mazkur jarayon ilmiy salohiyatni yuksaltirish, yuqori malakali ilmiy-pedagog va amaliyotchi shifokorlar zaxirasini shakllantirish hamda tibbiyot ilm-fanini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Milliy tibbiyot markazida ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy tibbiyot yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish va ilmiy kadrlar tayyorlash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda.