Milliy tibbiyot markazida Saudiya Arabistonining Vision Invest kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida mehmonlar markazning zamonaviy tibbiy infratuzilmasi, yuqori texnologik diagnostika va davolash imkoniyatlari, transplantatsiya, kardiologiya, jarrohlik hamda boshqa ixtisoslashgan yo‘nalishlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni joriy etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.