Ma'lumot & Qabul 24/7 Faol
Yagona Call-markaz +998 (71) 205-15-14
blog

Nutrisiologlar haqida eshitganmisiz?

Ularning vazifasi nima?

 Bu haqda to‘liq ma’lumotni Milliy tibbiyot marazi vrachi, kardiolog, nutrisiolog Gulnora Kabulova beradi.

Bugun sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi ommalashib bormoqda. Hamma yosh, sog‘lom, chiroyli va kelishgan ko‘rinishni istaydi. Bu istakka erishish yo‘lida nutrisiolog yordam beradilar. 

Oddiy qilib aytganda, nutrisiolog – oziqlanish bo‘yicha konsultantdir. Nutriyentlar – organizm uchun oziqlantiruvchi moddalar bo‘lsa, nutrisiolog – ularni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

 Nutrisiolog kishiga kundalik rasionidagi asosiy xatolarni topish hamda tuzatishda ko‘maklashadilar.

Shuningdek, ularning vazifasi – odamlarni mahsulot va taomlarni tanlashda organizm uchun maksimal foyda keltiradiganini analiz qilishga o‘rgatishdir. Ya’ni, organizmdagi barcha almashinuv jarayonlarini yuqori darajada qo‘llab-quvvatlash uchun to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatishdir.

Bunday bilimlar va ko‘nikmalarni egallagan kishi keyinchalik vaznini mustaqil boshqaradi, o‘zini yaxshi his qilish, sifatli hayot kechirish hamda kasalliklardan himoyalangan holda uzoq umr ko‘rish uchun nimalar qilish kerakligini biladilar. 

Nutrisiologlar odamlarga o‘z ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual oziq-ovqat dasturlarini, shuningdek, tananing holatini o‘ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqishga ham  yordam beradilar.

Milliy tibbiyot markazi 

Matbuot xizmati: Zulayho Musurmonova

Bizga xabar qoldiring

Milliy Tibbiyot Markazi Milliy Tibbiyot Markazi
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Oldingi
Sarlavha
Doctor
Dr. Maqsud Saidov
Kardiolog, Bosh shifokor
Yuklanmoqda...
-5s
+5s
Kardiologiya

Stressdan qutilish va yurak salomatligi

Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov: Kunlik stressning yurak-qon tomir tizimiga ta'siri va undan himoyalanish bo'yicha 5 ta oltin qoida.

Shifokor Qabuliga Yozilish
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Keyingi
Sarlavha