Ma'lumot & Qabul 24/7 Faol
Yagona Call-markaz +998 (71) 205-15-14
blog

Obunachilarimizdan kelgan savolga javob

❓Savol: Men oyog‘imga endoprotez qo‘ydirmoqchiman. Operatsiya uzoq davom etsa, narkozning ta’siri kamayib, og‘riq sezib qolmaymanmi? Narkozdan keyin xotiramda o‘zgarish bo‘lmaydimi?

 

✔️Javob: Ushbu savolga Milliy tibbiyot markazi shifokori, anesteziolog, Rossiya Federatsiyasida malaka oshirgan tajribali mutaxassis Furqat Toirov javob beradi:

 

❗️“Endoprotezlash operatsiyasi, odatda, uzoq davom etadi. Ammo zamonaviy anesteziya usullari yordamida bemor butun jarayon davomida to‘liq nazorat ostida bo‘ladi. Maxsus monitoring apparatlari orqali yurak urishi, nafas olishi, qon bosimi va narkoz darajasi kuzatib boriladi. Dorilarning miqdori esa anesteziolog tomonidan zaruratga qarab sozlanadi. Shu sababli bemor operatsiya paytida og‘riqni umuman sezmaydi.

 

🌡️Narkozdan keyin qisqa muddatli charchoq, uyquchanlik yoki yengil unutuvchanlik kuzatilishi mumkin. Bu — organizmning tabiiy javobi bo‘lib, odatda bir necha kun ichida o‘tib ketadi.

 

🥶Zamonaviy narkoz usullari xavfsiz hisoblanadi. Shunga qaramay, har bir bemor uchun individual yondashuv qo‘llaniladi, oldindan sog‘liq holati tekshiriladi va shifokor tavsiyalariga qat’iy amal qilinsa, operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni samarali o‘tadi.”

Bizga xabar qoldiring

Milliy Tibbiyot Markazi Milliy Tibbiyot Markazi
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Oldingi
Sarlavha
Doctor
Dr. Maqsud Saidov
Kardiolog, Bosh shifokor
Yuklanmoqda...
-5s
+5s
Kardiologiya

Stressdan qutilish va yurak salomatligi

Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov: Kunlik stressning yurak-qon tomir tizimiga ta'siri va undan himoyalanish bo'yicha 5 ta oltin qoida.

Shifokor Qabuliga Yozilish
Doctor
Dr. Mutaxassis Shifokor
Keyingi
Sarlavha