Men haqimda:
Samatova Nigora Shadikulovna — ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, u o‘zining mehnat faoliyatini texnika xavfsizligi muhandisi sifatida boshlagan. Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 1997-2002 yillarda texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlagan va keyinchalik buxgalteriya bo‘limida faoliyatini davom ettirgan. U uzoq yillar davomida kadrlar bo‘limida ishlagan va buxgalteriya hamda inson resurslarini boshqarish sohasida keng tajribaga ega bo‘lgan.
Samatova Nigora 2023-yilda Bolalar Milliy tibbiyot markazida inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlay boshlagan va 2024-yildan boshlab Milliy tibbiyot markazida o‘z lavozimini davom ettirmoqda. Uning ishi kadrlar siyosati va inson resurslarini boshqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u tashkilotlarda samarali kadrlar boshqaruvini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
- Markaz rahbarining buyrug‘lari, Markaz hay’atlari, Kengashlari va yig‘ilishlari qarorlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
- Tashkilot, uning bo‘linmalari shaxsiy tarkibining hisobini yuritadi.
- Mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi.
- Idora, muassasa, tashkilot va fuqarolardan kelib tushgan yozma, og‘zaki yoki elektron shakldagi bo‘lim faoliyatiga taalluqli murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob tayyorlanishi va murojaatchiga yuborilishini ta’minlaydi.
- Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i sifatida bevosita markaz xodimlari bilan muloqotda bo‘ladi va tibbiyot xodimlarini o‘z vaqtida malaka oshirish va toifalanishini nazorat qiladi.
Tahsil olgan:
| Bitirgan yil | Mutaxassislik | Davlat |
|---|---|---|
| 2023 | Boshqaruv menejmenti | Koreya davlati, Pusan shahrida mutaxassislarni yuqori texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish dasturi |
Ish tajribasi:
| Yillar | Bo'lim | Lavozim | Shifoxona yoki Tashkilot |
|---|---|---|---|
| 1985-1988 | Ishchi | Samarqand "Uzbekbirlashuv" konserva zavodi | |
| 1988-1997 | Hisobchi | Samarqand "Uzbekbirlashuv" konserva zavodi | |
| 1997-2002 | Texnika xavfsizligi | Texnika xavfsizligi muhandisi | Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi |
| 2002-2005 | Buxgalteriya | Buxgalter | Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi |
| 2005-2023 | Kadrlar bo‘limi | Kadrlar bo‘limi boshlig‘i | Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi |
| 2023-2024 | Inson resurslarini boshqarish bo‘limi | Bo‘lim boshlig‘i | Bolalar Milliy tibbiyot markazi |
| 2024-h/v | Inson resurslarini boshqarish bo‘limi | Bo‘lim boshlig‘i | Milliy tibbiyot markazi |
Samatova Nigora Shadikulovna qabuli:
| Kun | Vaqt | |
|---|---|---|
| Dushanab | 14:00 dan - 16:00 gacha | Uchrashuv belgilash |