Men haqimda:
Vrach: Urolog–Androlog
Bu sohadagi yuqori malakali mutaxassis, erkaklarda siydik-tanosil tizimi va jinsiy sog‘liq bilan bog‘liq kasalliklarni tashxislash, davolash hamda profilaktika qilishda katta tajribaga ega. Shuningdek, bepushtlik, gormonal buzilishlar va prostata bezining kasalliklarini zamonaviy yondashuv asosida davolaydi.
Mutaxassisligim bo'yicha davolay oladigan kasallik turlari:
- Prostata bezining kasalliklari (prostatit, adenom, saraton):Prostata bezining yallig‘lanishi, giperplaziyasi yoki o‘sma jarayonlarini aniqlash va davolash. Zamonaviy konservativ hamda jarrohlik usullaridan foydalanish.
- Siydik yo‘llari kasalliklari (sistit, pielonefrit, siydik tutilishi):Siydik chiqish yo‘llarining yallig‘lanishi, infektsiyalari va funksional buzilishlarini aniqlash va davolash.
- Buyrak tosh kasalligi (urolitiaz):Buyrak va siydik yo‘llaridagi toshlarni aniqlash, dori-darmon yoki minimal invaziv (laparaskopik, endoskopik) usullar bilan davolash.
- Erkak bepushtligi va jinsiy funksional buzilishlar:Spermogramma tahlili, gormonal tekshiruvlar asosida erkak bepushtligini aniqlash va davolash. Erektil disfunktsiya va jinsiy faoliyat bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish.
- Andrologik masalalar (varikotsele, gidrotsele, fimoz):Erkak jinsiy a’zolari tuzilishidagi tug‘ma va orttirilgan o‘zgarishlarni aniqlash, jarrohlik yo‘li bilan korreksiya qilish.
- Urologik onkologiya:Buyrak, siydik qopi va prostata bezining o‘smalarini erta aniqlash va kompleks davolash.
Har bir jarayon zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi, bu esa bolalarning sog'lig'ini tiklash va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Tahsil olgan:
| Bitirgan yil | Mutaxassislik | Universitet |
|---|---|---|
| 2015-2021 | Bakalavr. | Toshkent tibbiyot akademiyasi. |
Ish tajribasi:
| Yillar | Bo'lim | Lavozim | Shifoxona |
|---|---|---|---|
| 2021-2024 | Poliklinika | Urolog | Respublika urologiya markazi |
| 2024 - x/v | Endourologiya bo'limi | Urolog | Milliy Tibbiyot Markazi |
Shifokor qabuli:
| Kun | Vaqt | |
|---|---|---|
| Dush - Sesh | 10.00 - 12.00 | Appointment |
| Chor - Pay | 09.00 - 11.00 | Appointment |
| Jum - Shan | 14.00 - 15.00 | Appointment |