Men haqimda:
Vrach: Terapevt
Bu sohadagi yuqori malakali mutaxassis, buyrak va siydik yo‘llari bilan bog‘liq kasalliklarni aniq tashxislaydi va ularni davolashda zamonaviy usullardan foydalanadi. Uning tajribasi o‘tkir va surunkali kasalliklarni samarali boshqarish imkonini beradi.
Mutaxassisligim bo'yicha davolay oladigan kasallik turlari:
- Siydik yo’llari infeksiyasi (piyelonefrit, sistit): Siydik yo'llarining yallig'lanishi bilan bog'liq infeksiyalar.
- Surunkali buyrak kasalligi: Buyraklarning uzoq muddat davomida faoliyatini buzilishi bilan kechuvchi kasallik.
- O‘tkir va surunkali glomerulonefritlar: Buyrak glomerulalarining yallig'lanishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar.
- O‘tkir va surunkali tubulointerstitsial nefritlar: Buyrak naychalari va interstitsial to'qimaning yallig'lanishi bilan bog'liq kasalliklar.
- Buyrak kista kasalliklari va buyraklar polikistoz kasalligi: Buyrak kistalarining paydo bo'lishi va ko'p sonli kistalar bilan bog'liq kasalliklar.
- Turli xil nefropatiyalar (diabetik, gipertonik, podagrik va boshqalar): Qandli diabet, yuqori qon bosimi yoki podagra bilan bog'liq buyrak shikastlanishlari.
Har bir kasallikning noyob simptomlari va davolash usullarini qo'llash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga intilamiz.
Tahsil olgan:
| Bitirgan yil | Mutaxassislik | Universitet |
|---|---|---|
| 2014-2020 | Umumiy amaliyot shifokori | Andijon Davlat Tibbiyot Instituti |
| 2020-2023 | Terapevt | Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (magistratura) |
| 2023-x/v | Nefrologiya gemodializ bilan | Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (magistratura) |
Ish tajribasi:
| Yillar | Bo'lim | Lavozim | Shifoxona |
|---|---|---|---|
| 2020 | Poliklinika | Umumiy amaliyot shifokori | Farg’ona Shahar 1-Oilaviy poliklinikasi |
| 2022-2023 | Qabul bo’limi | Navbatchi shifokor | Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIN va BTIATM) |
| 2023-x/v | Nefrologiya bo’limi | Nefrolog | Milliy Tibbiyot Markazi |
Shifokor qabuli:
| Kun | Vaqt | |
|---|---|---|
| Dush - Sesh | 10.00 - 12.00 | Appointment |
| Chor - Pay | 09.00 - 11.00 | Appointment |
| Jum - Shan | 14.00 - 15.00 | Appointment |