Men haqimda:
Vrach: :Umumiy xirurg, Qon tomir xirurgi
Bu sohadagi yuqori malakali mutaxassis, Arterial va venoz patologiyalarda, varikozlar buyicha katta tajribaga ega.
Mutaxassisligim bo‘yicha davolay oladigan kasallik turlari:
Arteriyalar bilan bog‘liq operatsiyalar:
- Endarterektomiya – arteriyadan aterosklerotik blyashkani olib tashlash.
- Shuntlash (bypass) – tiqilib qolgan yoki toraygan tomirni aylanib o‘tish uchun sun’iy yoki tabiiy yo‘l (shunt) yaratish.
- Aneurizma rezektsiyasi va protezlash – qon tomir devori kengaygan joyini olib tashlash va protez bilan almashtirish.
- Angioplastika va stentlash – toraygan tomirni kengaytirish va ichiga metall stent o‘rnatish.
- Arterial protezlash – zararlangan arteriyani sun’iy protez bilan almashtirish.
Venalar bilan bog‘liq operatsiyalar:
- Varikoz tomirlarini olib tashlash (flebektomiya, miniflebektomiya).
- Endovazal lazer yoki radiochastotali obliteratsiya (EVLO, RFA) – varikoz venalarni yopish.
- Tromboektomiya – vena ichidan trombni olib tashlash.
- Kava-filtr o‘rnatish – o‘pka emboliyasining oldini olish uchun pastki kov vena ichiga maxsus filtr qo‘yish.
Murakkab qon tomir operatsiyalari:
- Karotid endarterektomiya – bo‘yin arteriyalaridagi blyashkalarni olib tashlash (insult profilaktikasi).
- Aorta-femoral shuntlash – oyoq tomirlaridagi qon aylanishini tiklash.
- Aorto-iliakal protezlash – qorin aortasi yoki chanoq arteriyalaridagi torayishlarni davolash.
- Arteriovenoz fistula yaratish – gemodializ uchun maxsus qon tomir yo‘li hosil qilish.
Har bir jarayon zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.
Tahsil olgan:
| Bitirgan yil | Mutaxassislik | Universitet |
|---|---|---|
| 2007–2014 | Bakalavr | Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti |
| 2014–2016 | Jarrohlik bo‘yicha klinik ordinatura | Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi |
Ish tajribasi:
| Yillar | Bo'lim | Lavozim | Shifoxona |
|---|---|---|---|
| 2016 | Shifokor | Shifokor-koordinator | Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi |
| 2016 | Xirurgiya | Jarroh shifokor | Toshkent Tibbiyot Akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi |
| 2019 | Xirurgiya | qon tomir jarroh | Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi |
| 2024 - x.v. | Qon-tomir jarrohligi | qon tomir jarroh | Milliy tibbiyot markazi |
Shifokor qabuli:
| Kun | Vaqt | |
|---|---|---|
| Dush - Sesh | 10.00 - 12.00 | Appointment |
| Chor - Pay | 09.00 - 11.00 | Appointment |
| Jum - Shan | 14.00 - 15.00 | Appointment |