Men haqimda:
Vrach: Terapevt, Kardiolog
Bu sohadagi yuqori malakali mutaxassis, yurak, o'pka, oshqozon-ichak va boshqa tizimlarga bog'liq kasalliklarni aniq tashxislash va samarali davolash uchun zamonaviy usullardan foydalanadi. Shuningdek, surunkali kasalliklarni boshqarishda katta tajribaga ega.
Mutaxassisligim bo'yicha davolay oladigan kasallik turlari:
- Yurak ishemik kasalligi, Gipertoniya kasalligi, Surunkali yurak yetishmovchiligi, Miokarditlar: Yurak va qon-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi turli kasalliklar.
- Qandli diabet tip 2, Metabolik sindrom, Semizlik: Endokrin tizim kasalliklari va metabolik buzilishlar.
- Surunkali yurak revmatik kasalliklari, Revmatoid artrit, Reaktiv artritlar, Bexterev kasalligi, Sistemali revmatik kasalliklar: Revmatik va surunkali yallig'lanish kasalliklari.
- Surunkali o'pka obstruktiv kasalligi, Bronxial astma, Pnevmoniyalar: O'pka va nafas olish tizimi kasalliklari.
- Surunkali gastritlar, Oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi, Surunkali kolitlar: Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari.
- Surunkali gepatitlar, Jigar tsirrozi, Surunkali xolitsistit: Jigar va o't yo'llari kasalliklari.
- Surunkali piyelonefritlar, Surunkali glomerulonefrit: Buyraklar bilan bog'liq yallig'lanish kasalliklari.
Har bir kasallikning noyob simptomlari va davolash usullarini qo'llash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga intilamiz.
Tahsil olgan:
| Bitirgan yil | Mutaxassislik | Universitet |
|---|---|---|
| 1992-1998 | Umumiy amaliyot | Samarqand davlat tibbiyot oliygoxi (bakalavr) |
| 1998-2000 | Terapevt | Samarqand shoshilinch yordam markazi (shoshilinch terapiya bo‘limi) |
| 2001-2003 | Kardiolog | Samarqand davlat tibbiyot oliygoxi “UASh-1” kafedrasi klinik ordinatura |
Ish tajribasi:
| Yillar | Bo'lim | Lavozim | Shifoxona |
|---|---|---|---|
| 2003-2007 | Kardiologiya | Asistent “Ichki kasalliklar propedevtikasi” kafedrasi | Samarqand davlat tibbiyot oliygoxi |
| 2007-2015 | ABBOTT LABORATORIES, SA chet el vakolatxonasi | Tibbiy konsultanti | ABBOTT LABORATORIES |
| 2015-2024 | 2 terapiya bo‘limi | Terapevt | TTA 3 klinikasi |
| 2024-x/v | Rekonstruktiv, plastik, estetik va metabolik xirurgiya (endokrinologiya) bo‘limi | Terapevt | Milliy tibbiyot markazi (MTM) |
Shifokor qabuli:
| Kun | Vaqt | |
|---|---|---|
| Dush - Sesh | 10.00 - 12.00 | Appointment |
| Chor - Pay | 09.00 - 11.00 | Appointment |
| Jum - Shan | 14.00 - 15.00 | Appointment |